Biz haqimizda
"Barkas Teks Group" O'zbekistonning yetakchi kompaniyasi bo'lib, 20 yildan ortiq vaqt davomida yuqori sifatli Terri sochiq, xalat va trikotaj buyumlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Shu vaqt ichida biz dunyoning turli mamlakatlaridagi mijozlarning ishonchi va e'tirofiga sazovor bo'ldik.
1999
OOO "BARKAS - TEKS" tashkil etilishi
2003
Qirg'iziston va Qozoqistonga birinchi eksport
2005
Xalqaro bozorni Rossiya va MDX davlatlarigacha kengaytirish
2008
Birinchilardan bo'lib ISO 9001 sifat menejmenti sertifikatini (SMS) oldi"
2014
OOO "TERRY JAR TEXTILE" tashkil etilishi
2016
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmini oshirish va yangi sifat nazorati kompleksini qurish
2017
48-va 49-xalqaro to'qimachilik ko'rgazmasida ishtirok etdik. Xalqaro bozorni Ukraina, Belorussiya va Moldovagacha kengaytirish
2019
QK AS Group Tex ni barpo etish. 2-UzTextile Expo 2019 O'zbekiston ko'rgazmasida "eng yaxshi mahsulot taqdimoti" uchun mukofotlandi. Moskva shahridagi "TEKSTILLEGPROM" 53-Federal Ulgurji Yarmarkasida" eng yaxshi stend dizayni" uchun mukofotlangan
Texnologiyalar
"Barkas Teks Group" to'qimachilik ishlab chiqarishning ilg'or usullaridan foydalanadi.
Ekologik toza
Ekologik toza materiallar va ishlab chiqarishning xavfsiz jarayonlari
Mas'uliyat
Xodimlarimiz va uskunalarimiz sifatini nazorat qilish
Narx
"Berkas Teks Group" yuqori sifatdagi mahsulotlarga qulay narxlarni taklif qiladi
Dizayn
To'qimachilik mahsulotlarining original va zamonaviy dizaynlarini yaratamiz
Ishlab chiqarish
Bir kunda 50 tonnadan ko'proq tayyor mahsulot ishlab chiqaramiz
Mahsulotlar
Terri va vafli sochiqlar, xalatlar, bolalar kiyimlari, trikotaj va matolar
Moslashuvchanlik
Mijozlarning individual xohishlaridan kelib chiqqan holda tekstil mahsulotlarini buyurtma asosida tayyorlab beramiz
Kompaniya haqida

Kompaniyamiz O'zbekiston hududida joylashgan 6 ta zamonaviy va texnologik zavodga ega. 3000 dan ortiq yuqori malakali xodimlar bilan biz 24 soat ichida 50 tonna tayyor mahsulot ishlab chiqarishga qodirmiz. Bu bizga sanoatdagi eng yirik ishlab chiqaruvchilardan biri bo'lish imkonini beradi.

Mahsulotlarimiz ichki bozorda ham, undan tashqarida ham katta talabga ega ekanligidan faxrlanamiz. Biz mahsulotlarimizni Rossiya, Germaniya, Isroil, Italiya, Qozog'iston va boshqa ko'plab mamlakatlarga eksport qilamiz.

Biz uydagi qulaylikning naqadar muhimligini tushunamiz, shuning uchun mahsulotlarimiz iste'molchilarimiz uchun maksimal qulaylik darajasini ta'minlaydi. Biz yumshoq, momiq va bardoshli sochiqlar, xalatlar va kiyimlarni yaratish uchun faqat eng yaxshi materiallar va zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalaridan foydalanamiz.

Ammo, biz uchun sifat faqat mahsulotlar bilan cheklanmaydi. Shuningdek, biz ekologik xavfsizlik va ijtimoiy mas'uliyatga katta e'tibor qaratamiz. Bizning "OEKO TeX Standart 100" va "ISO 9001:2015" sertifikatlarimiz ushbu tamoyillarga sodiqligimizni tasdiqlaydi.

"Barkas Teks Group" jamoasi o'z obro'si bilan faxrlanadi va doimiy takomillashtirish va innovatsiyalarga intiladi. Uydagi qulayligingizni bizga ishoning!